Toshkent IIBB «Moviy gumbazlar» restorani yaqinidagi skeyt maydonchada sodir bo‘lgan mojaroga izoh berdi. Ikki erkakning yoshlarga tan jarohatlari yetkazgani tasvirlangan videoni «Gazeta.uz» mobil muxbiri tahririyatimizga yo‘lladi.

Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, mojaro 14 aprel kuni taxminan 23:00 da 40 yoshli A. M. 28 yoshli E. T. Va 22 yoshli P. K., K. K. va R. X o‘rtasida yuzaga kelgan.

Hodisa joyiga yetib kelgan patrul-post xizmati guruhi hodisaning yanada keskinlashuvining oldini oldi, deyiladi xabarda. P. K., K. K. va R. X. tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlar Yakkasaroy tuman ma’muriy sudiga taqdim etilgan.

Video

YouTube