Litvalik Modestas Kaselyauskas O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasida Xalqaro valyuta jamg‘armasidan doimiy maslahatchi etib tayinlandi. Bu haqda DSQ matbuot xizmati xabar qildi.

Maslahatchi XVJning soliq-byudjet masalalari bo‘yicha departamenti amalga oshirayotgan soliq ma’murchiligi loyihasida doirasida tayinlangan bo‘lib, DSQ va Moliya vazirligiga 2019−2023 yillarda o‘rta istiqbolda soliq ma’murchiligini isloh qilish strategiyasini ishlab chiqish va joriy etishda yordamlashadi.

Modestas Kaselyauskas vazifalari qatorida sohani «yuqori texnologiyali, avtomatlashtirilgan, zamonaviy standartlarga javob beruvchi, shuningdek korrupsiyalashmagan soliq xizmati"ga aylantirishda yordamlashish ham o‘rin olgan.

Modestas Kaselyauskas (1974 y. t.) 2005−2014 yillarda Litva Moliya vazirligi qoshidagi Davlat soliq inspeksiyasiga rahbarlik qilib, ushbu mamlakat soliq organlarida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan.