2019 yil 12 aprel kuni Toshkent viloyatining Chinoz tumanida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida G‘ayrat mahallasi Tinchlik ko‘chasida yashovchi B.N. A.Temur MFY Tillatopgan ko‘chasida 8 kg 890,3 gramm marixuana giyohvandlik moddasini olib ketayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi tomonidan berilgan xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.