Bugun poytaxtdagi «Ice City» ko‘ngilochar-sport majmuasi muz maydonida ilk O‘zbekiston chempionatining hal qiluvchi final uchrashuvi o‘tkazildi. Bu haqda Olamsport.com sayti xabar berdi.

Beshta o‘yindan iborat final seriyasi bugun o‘z yakuniga yetdi. «Semurg‘» va «Binokor» jamoalari o‘rtasidagi 4 ta o‘yinda 2:2 hisobi qayd etilgan edi.

Hal qiluvchi beshinchi uchrashuvda «Semurg‘» xokkeychilari 4:1 hisobida g‘alaba qozonib, birinchi O‘zbekiston chempioniga aylandi.