16 aprel kuni Samarqandda Markaziy Osiyoda birinchi Fransiya faxriy konsulxonasi ochildi, deya xabar qildi Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga.

Konsulxona ochilishida O‘zbekistonga tashrif buyurgan Fransiya Yevropa va tashqi ishlar vaziri huzuridagi davlat kotibi Jan-Batist Lemuan ishtirok etdi.

Jan-Batist Lemuan Fransiyaning Samarqanddagi faxriy elchisi Isrofil Usanovga besh yil muddatga konsullik sertifikatini topshirdi.

O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2018 yilda O‘zbekistonga 13,6 ming nafar fransuz fuqarosi tashrif buyurdi.