Professional boksda faoliyat olib borayotgan Murodjon Ahmadaliyev navbatdagi jangi qachon bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, o‘zbekistonlik sportchi 19 aprel kuni meksikalik Karlos Karlsonga qarshi ringga chiqadi. Bo‘lajak qarama-qarshilik AQSHning Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, 28 yoshli Karlson shu paytgacha 28 bor jang olib borgan bo‘lib, ularning 23 tasida g‘alaba qozongan (14 nokaut) va 5 bor mag‘lubiyatga uchragan. Murodjon Ahmadaliyev esa 5 bor ringga ko‘tarilib, ularning barchasida zafar quchgan. Jang Toshkent vaqti bilan 20 aprel kuni tong payti boshlanadi.