2019-yil I chorak yakuni bo‘yicha jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar hajmi 26,7 trln. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 82 foizga va joriy yil boshiga nisbatan 9 foizga o‘sdi. Bu haqda Markaziy bankning telegramdagi kanali orqali xabar berildi.

Jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar tarkibida muammoli kreditlar 65 mlrd. so‘mni tashkil etib, joriy yilning o‘tgan davrida 38 mlrd. so‘mga yoki 1,4 martaga oshdi.

Qayd etish lozimki, hisobot sanasiga jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlarda muammoli kreditlar ulushi past darajada bo‘lib, ular 0,2 foizni tashkil etdi.