Oliy darajadagi O‘zbekiston — Qozog‘iston muloqoti samimiy va amaliy ruhda o‘tdi. Muzokaralar yakunida ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikning turli sohalariga oid o‘nga yaqin hujjat imzolandi, deya xabar qildi O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati.«Kazinform» agentligining xabar qilishicha, Mudofaa vazirliklari havo hujumidan mudofaa sohasida hamkorlik, shuningdek aerodromlarda harbiy havo kemalarini qabul qilish, muhofaza qilish va ularga aerodrom-texnik xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi kelishuvlarni imzoladi.

Mehnat faoliyati va mehnat migrantlari huquqlarini himoya qilish, noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashda hamkorlik qilish to‘g‘risidagi hukumatlararo kelishuv imzolandi.

O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Qozog‘iston Milliy iqtisodiyot vazirligi «Markazi Osiyo» savdo-iqtisodiy hamkorlik markazini tashkil etish masalasi bo‘yicha memorandum imzoladi.

Ikki davlat Tashqi ishlar vazirliklari 2019−2020 yillarda hamkorlik dasturini imzoladi.

Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jomart Tokayev muzokaralari yakunlari bo‘yicha qo‘shma bayonot qabul qilindi, deya xabar berdi Qozog‘iston rahbari matbuot xizmati. Prezidentlar mudofaa va harbiy-texnika, shuningdek kosmik tadqiqotlar va ishlanmalar sohalarida hamkorlikni rivojlantirish rejalari to‘g‘risida ma’lum qilishdi.

Ikki davlat rahbarlari mintaqa mamlakatlarining Orol dengizi havzasida aniq dastur va loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha moliyaviy va iqtisodiy institutlar, xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligini kengaytirish yo‘li bilan Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi hamkorlikni jadallashtirishdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqladi. Ular ilm-fan, ta’lim, madaniyat, san’at, turizm va sport sohalaridagi hamkorlikni kuchaytirish tarafdori ekanliklarini tasdiqladi.

Qosim-Jomart Tokayev Shavkat Mirziyoyevni Qozog‘istonga tashrif buyurishi taklif qildi. tashrif muddatlari diplomatik kanallar orqali kelishiladi, deyiladi xabarda.