Jizzax viloyat hokimligi, Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi hamkorligida turmush sharoiti og‘ir va imkoniyati cheklangan xotin-qizlarning 59 nafariga nogironlik aravachasi, 42 nafariga eshitish moslamasi topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Viloyat markazidagi «Yakkasaroy» tantanalar majmuasida bo‘lib o‘tgan xayriya tadbirida O‘zbekistonda ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush sharoitini yanada yaxshilash, muammolarini hal etishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

-Qizim Shahnoza 19 yoshda, — deydi zarbdorlik Oltinoy Toshbekova. — I guruh nogironi. Shu choqqacha nogironlik aravachisi yo‘qligi bois biror joyga chiqishga qiynalardik. Bugun berilgan nogironlik aravachasi mushkulimizni oson qiladi. Shu birgina madad ham ko‘nglimizni tog‘dek ko‘tardi.