O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qizi Saida Mirziyoyeva Prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar qildi.

Yangi rahbariyat 12 aprel kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Prezident Administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov boshchiligida bo‘lib o‘tgan kengaytirilgan hay’at yig‘ilishida tanishtirildi.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi prezidentning 2 fevraldagi farmoni bilan O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bazasida tashkil etilgan edi.