9−13 aprel kunlari Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarida mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari — Qurolli Kuchlar bosh shtabi boshlig‘i general-mayor Pavel Ergashev rahbarligi ostida Qurolli Kuchlarning barcha tarkibiy qismlarining hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga xabar qildi.

Mashg‘ulotlarga Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari va boshqa bo‘linmalari, Milliy gvardiya, Davlat bojxona qo‘mitasi, mahalliy hokimiyat va o‘zini o‘zi boshqarish organlarining kuch va vositalari jalb etilgan.

11 aprel kuni Sharqiy harbiy okrugining bir nechta poligonida hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘uloti rejasiga muvofiq kuch tuzilmalarining mintaqadagi vaziyat beqarorligining oldini olish hamda chegaraoldi hududlarida joylashgan aholi punktlarida jamoat tartibini saqlash bo‘yicha harakatiga oid masalalari amalda ko‘rib chiqildi.

Foto