Jizzakh Petroleum Toshkent aeroportida samolyotlarga xizmat ko‘rsatish uchun yangi zamonaviy yoqilg‘i quyish majmuasini qurish va foydalanishga topshirishni rejalashtirmoqda. O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida bu haqda so‘z boradi.

Qaror «respublika aeroportlarini aviatsiya yoqilg‘isi bilan ta’minlash tizimini yanada rivojlantirish maqsadida respublika aeroportlari orqali parvozlarni bajarishga chet ellik aviakompaniyalarni jalb qilish, shu jumladan, havo kemalarni aviatsiya yoqilg‘isi bilan ta’minlash, aviatsiya yoqilg‘isini yetkazib berish jarayonlariga bozor mexanizmlarini joriy qilish orqali ko‘rsatiladigan aeroport xizmatlarining tijorat jozibadorligini yuksaltirish"ga qaratilgan.

Jizzakh Petroleum QK 2017 yil iyunida «O‘zbekneftgaz» va Gas Project Development Central Asia (Gazprom International sho‘’ba tuzilmasi) bilan hamkorlikda tashkil etilgan. Loyihaga ko‘ra, uning ustav fondidagi «O‘zbekneftgaz» ulushi 60 foizdan 30 foizga kamaytirilib, chet ellik ta’sischilarning ulushi 40 foizdan 70 foizga oshiriladi.

O‘zbekiston Mudofaa vazirligining Jizzakh Petroleum`ga bepul foydalanish uchun Sergeli tumanida 72- harbiy shaharcha hududagi «Markaziy yoqilg‘i bazasi» xududining 10 gektarlik foydalanilmaydigan qismi berilishi ko‘zda tutilgan.