2017 yil iyunidan O‘zbekiston moliya vazirining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatgan Ahadbek Haydarov Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori etib tayinlandi. Bu haqda agentlikdan «Gazeta.uz"ga xabar qilindi.

Ahadbek Haydarov (1971 yilda tug‘ilgan) to‘rt oycha avval direktor lavozimiga tayinlangan Nodir Jo‘rayev o‘rnini egalladi.

Yanvarda prezident farmoni bilan Davlat raqobat qo‘mitasi tugatilib, uning o‘rniga uchta alohida davlat organi: Antimonopoliya qo‘mitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Kapital bozorni rivojlantirish agentligi tashkil etilgan edi.