Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Chilonzor tuman bo‘limi xodimlari tomonidan fuqaro M.T.ning murojaatiga asosan olib borilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro M.G. 2018 yilda yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali fuqaro M.T.ni Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 11.000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan M.G.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.