Toshkent shahar bojxona boshqarmasi «Bosh pochtamt» tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan shu zargarlik buyumi jo‘natilishi bilan bog‘liq qonunbuzarlik holatining oldi olindi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Jumladan, fuqaro B.R. nomiga xorijdan yuborilgan pochta jo‘natmasi amaldagi tartiblarga muvofiq ko‘zdan kechirilganda, tegishli bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan tilla taqinchoqlar borligi ma’lum bo‘ldi. Og‘irligi 36,7 gramm bo‘lgan mazkur zargarlik buyumlarining umumiy qiymati dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 10,2 million so‘mni tashkil etdi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Eslatish o‘rinli, Umumjahon pochta Konvensiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2011 yil 18 aprelda 2219-son bilan ro‘yxatga olingan «Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish» Qoidalariga asosan qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik buyumlarini pochta jo‘natmalari orqali yuborilishi man etilgan.

Xalqaro pochta ittifoqi a’zosi sifatida O‘zbekiston Respublikasida ham Umumjahon pochta Konvensiyasiga muvofiq, jo‘natilayotgan pochta jo‘natmalari bo‘yicha bojxona deklaratsiyalari to‘ldirilishi lozim hamda mazkur deklaratsiyada yuborilayotgan barcha tovarlarning nomlari qayd qilinishi belgilab qo‘yilgan.