Biznesmen Fattoh Shodiyev tomonidan asos solingan xalqaro fond Sirdaryoni rivojlantirish uchun 40 milliard so‘m ajratadi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

9 aprel kuni ushbu fond delegatsiyasi Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdi va viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev tomonidan qabul qilindi.

Ajratiladigan mablag‘ Sirdaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash, xususan Sirdaryo xalqining turmush tarzini yanada yaxshilash, obodonlashtirish, bunyodkorlik ishlari uchun ajratiladi.

Ajratilishi rejalashtirilgan mablag‘ning qariyb 30 milliard so‘mi viloyatning maxsus hisob raqamiga kelib tushdi.

Mazkur mablag‘lar «Obod qishloq» dasturi doirasida amalga oshirilishi belgilangan viloyatning chekka qishloqlarini odobonlashtirish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’ektlarini, avtomobil yo‘llarini, oqova suv tizimlarini mukammal ta’mirlash bir so‘z bilan aytganda aholini turmush tarzini yaxshilash uchun yo‘naltiriladi.

Shuningdek, mablag‘ning bir qismi prezident tashabbusi bilan Xovos tumanida barpo etilayotgan «Xovos city» qurilishiga sarflanishi ko‘zda tutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Fattoh Shodiyev dastlabki ish faoliyatini Sirdaryo viloyatidan boshlagan.