O‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov 10 aprel kuni Nyu-Yorkda professional ringdagi oltinchi jangini o‘tkazdi. NABF Junior Heavyweight Title kamari uchun bahsda u amerikalik Brendan Barretni mag‘lubiyatga uchratdi, deya xabar berdi O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi.

Jang boshlanishidan bir kun avval Bahodir Jalolovning (6−0−0, 6 KO) raqibi o‘zgardi. Amerikalik Donni Palmer o‘rniga ringga 37 yoshli Brendan Barret (7−3−2, 5 KO) chiqdi. Surxondar vakili bo‘lmish Bahodir birinchi raunddayoq Barretni nokautga uchratib, NABF Junior Heavyweight Title kamarini qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchisi hisoblangan Bahodir Jalolov milliy terma jamoaga qo‘shilgan va 16−27 aprel kunlari Tailandda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.