Departamentning Yangiyo‘l shahar bo‘limi va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tekshirishda, Yangiyo‘l tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli tug‘ruq bo‘limi akusher-ginekologi R.X., fuqaro Z.E.ning 2019 yil 1 aprelda tug‘ilgan qiz farzandini go‘yoki o‘ldi deb xabar berib, bu haqda hech qanday ma’lumot qayd etmasdan, 100 AQSH dollari evaziga chaqaloqni fuqaro S.M. dunyoga keltirgan deb, uning nomiga tug‘ruq haqida soxta hujjatlar rasmiylashtirish orqali sotib yuborganligi aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.