IIBB YHXB Toshkent yo‘llarida yo‘l harakati qoidalariga rioya etilishi holatini patrul vertolyotidan foydalangan holda kuzatishni boshlaydiay. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar qildi.

Yanvarda O‘zbekiston prezidenti poytaxt IIBB va Milliy gvardiyaga to‘rtta patrul vertolyoti ajratilishini topshirgan edi.

9 aprel kuni hukumat YHQga qator o‘zgartishlar kiritdi. Jumladan, endilikda kunduz kuni transport vositalari chiroqlarni yoqib harakatlanishi shart. Aylanma harakat chorrahasida harakatlanayotgan transport vositasi aylanaga kirib kelayotgan transport vositlariga nisbatan ustunlikka ega bo‘ldi.