5 aprel kuni Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumani Tamaddun mahallasida yashovchi 24 yoshli N.R. ismli ayol Bobotog‘ mahalla hududida joylashgan dehqon bozori oldida o‘zaro janjal sabab Do‘stlik mahallasida yashovchi 35 yoshli D.M. ismli ayolga pichoq bilan jarohat yetkazgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Natijada D.M. kasalxonaga yotqizilib, N.R. ushlangan. Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.