9 aprel kuni kechqurun «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi sotib olgan ikkinchi Airbus A320neo samolyoti Gamburgdan Toshkentga yetib keldi. Ushbu modeldagi birinchi samolyot 11 mart kuni yetib kelgan va MAK undan xalqaro yo‘nalishlarda foydalanishni boshlab yuborgan.

Uzbekistan Airways matbuot xizmatining xabar qilishicha, samolyot birinchi A320nyeo cingari o‘zining yoqilg‘i tejamkorligini ta’minlovchi CFM International kompaniyasining LEAP-1A dvigatellari va aerodinamik xususiyatlarini yanada yaxshilash imkonini beruvchi qanot konstruksiyasidagi zamonaviy ishlanmalari, shu bilan birga simsiz internet tarmog‘iga ulanish uskunalari bilan jihozlanganligi tufayli avvalgi havo laynerlardan farqlanadi.

Shuningdek, u ikki klassli komponovkada ishlangan bo‘lib, 150 yo‘lovchini (biznesda — 12ta, ekonom klassda — 138ta) tashishga mo‘ljallangan. Samolyot salonining zamonaviy dizayni parvoz davomida yo‘lovchilarga maksimal qulaylik yaratadi. Qulay va keng o‘rindiqlar, har bir yo‘lovchi uchun mo‘ljallangan individual ko‘ngilochar dasturli monitorlar, samolyot sahnida havoning sofligini saqlash va to‘g‘ri taqsimlanishini ta’minlovchi mukammallashtirilgan konditsioner tizimiga ega.

Aviakompaniya to‘rtta Internet-ulanish paketini taqdim etadi: LITE (20 Mb) — tezkor messendjerlarni ishlatish uchun, MEDIUM (50 Mb) — ijtimoiy tarmoqlarda muloqot qilish yoki yangiliklar saytlariga kirish uchun, STREAM (120 Mb) — online ish yoki internetga chiqish uchun qulay internet uchun, BUSINESS (220 Mb) — mazkur xizmatning imkoniyatlarini maksimal darajada oshirish uchun. Internet tarif rejasining eng kam narxi — 5.95$, eng yuqori narxi — 52,95$.

Parvozdagi aloqa provayderi MAKning yangi Airbus A320nyeo va hozirda foydalanilayotgan Boeing 787−8 Dreamliner samolyotlari bortida Inflight Entertainmentand Connectivity (IFEC)ning ko‘ngilochar dasturlari va aloqa tizimini o‘rnatgan Panasonic Avionics Corporation kompaniyasi hisoblanadi.

2020 yilning kuzida uchinchi A320neo laynerining, yaqin kunlarda esa to‘rtinchi Boeing 787−8 Dreamliner havo kemasining yetkazib berilishi kutilmoqda. Ushbu samolyotlarda ham internetga simsiz ulanish imkoniyati mavjud bo‘ladi.