2019-yilning I choragida banklardagi aholi omonatlari hajmi 8,1 foizga oshib, 15 891 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bankning telegram kanali orqali xabar berildi.

Shu jumladan, milliy valyutadagi omonatlar 10,3 foizga o‘sib, ularning jami omonatlardagi ulushi 62 foizgacha ko‘tarildi.

Shu bilan birga, xorijiy valyutadagi omonatlar qoldig‘i 4,7 foizga oshgan bo‘lsada, ularning jami omonatlardagi ulushi 39 foizdan 38 foizgacha kamaydi.