O‘zbekistonda Aviasales internetda aviachiptalarni qidirish xizmati ishga tushirildi, deya xabar qildi kompaniya «Gazeta.uz"ga.

"O‘zbekistonda elektron tijorat Rossiya yoki Qozog‘istonga nisbatan ikki barobar tezroq o‘smoqda, ekspertlar qariyb 50 foizlik raqamlarni keltirmoqda. Biz uchun xalqaro kompaniya sifatida bu bir ma’noga ega signal", — dedi Aviasales kompaniyasining yangi yo‘nalishlarni rivojlantirish bo‘yicha direktori Yaroslav Stepanyuk.

U qidiruv xizmatining interfeysi takomilga yetkazilgani, mahalliy agentliklar hamda o‘zbekistonlik sayohatchilar uchu qulay to‘lov usullari qo‘shilganini ma’lum qildi. shuningdek, «Arzon narxlar kalendari» xizmati moslashtirildi — u sayohat uchun eng maqbul vaqtni tanlashga yordam beradi, ma’lumotlarni tahlil qiladi va foydalanuvchilarga qachon arzon bilet olish mumkinligi haqida oldindan tavsiya beradi.

Aviasales — Sharqiy Yevropadagi aviachiptalarni qidirish va band qilish bo‘yicha yirik xizmat. Xorijda Aviasales JetRadar savdo belgisi ostida ishlaydi. 2018 yilda kompaniya Qozog‘iston uchun o‘z xizmatini mahalliylashtirdi.