6 aprel kuni 02:08 da Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumani hududida yuk poyezdi kuchli jala oqibatida cho‘kkan temir yo‘l uchastkasida tiqilib qoldi. Hodisa «Oqrabot-Dehqonobod» temir yo‘lining 98-kilometrida sodir bo‘ldi, deya xabar qildi FVV matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga.

56 ta vagondan (ularning 26 tasida yuk bo‘lgan, 30 tasi bo‘sh) temir yo‘l tarkibini boshqarib kelayotgan ikkita elektrovoz kuchli yog‘ingarchiliklar natijasida 2,5−3 metrga cho‘kkan 50−60 metr uzunlikdagi uchastkada tiqilib qolgan.

Ayni vaqtda mazkur temir yo‘l bo‘ylab harakat to‘xtatilgan, «O‘zbekiston temir yo‘llari» matbuot xizmatining xabar qilishicha, uchastkaning kechgacha ta’mirlanishi kutilmoqda.

FVVning qayd etishicha, manyovrli elektrovoz yordamida temir yo‘lga tiqilib qolgan barcha 56 ta vagon tekis sathga olib chiqilgan. Ikkita elektrovozni olib chiqish ishlari davom ettirilmoqda.

Temir yo‘l uchastkasini qayta tiklash uchun «O‘zbekiston temir yo‘llari"ning ikkita avariya-qutqaruv poyezdi, 180 nafar xodim va Qarshi hududiy temir yo‘l uzeli texnikalari jalb qilingan.