4 aprel kuni Yashnobod tumanida Do‘rmon va TAHY yo‘llari kesishmasida Spark haydovchisi F. Yu. yo‘l-patrul xizmati inspektorini urib yubordi. Bu haqda O‘zbekiston IIV matbuot xizmati xabar qildi.

Yo‘l-patrul xizmati xodimi shifoxonaga yotqizildi. Holat yuzasidan tergov olib borilmoqda.

Xuddi shu kuni Andijon viloyati Asaka tumani Sho‘rqishloq mahallasi hududida Lacetti haydovchisi S. T. Boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan A. N. boshqaruvidagi «Moskvich-412» avtomobili bilan to‘qnashdi.

IIV matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, «Moskvich"ning ikki yo‘lovchisi tan jarohatlari olib, hodisa joyida hayotdan ko‘z yumgan. Lacetti haydovchisi va «Moskvich"ning uch yo‘lovchisi shifoxonaga yotqizilgan. Jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.