4 aprel kuni noma’lum shaxs Beeline uyali aloqa kompaniyasiga qo‘ng‘iroq qilib, hisobi to‘ldirilgan bo‘lsa ham qo‘ng‘iroq qilolmayotgani, agar 5 daqiqada hisob raqamini yoqmasa, kompaniyani portlatib yuborishini aytib, aloqani uzib qo‘ygan, deya xabar qildi O‘zbekiston IIV matbuot xizmati.

Holat yuzasidan Toshkent viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor aniqlov tadbirlari natijasida ushbu qo‘ng‘iroqni Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumani Nurafshon MFYda yashovchi V.M. amalga oshirgani aniqlandi. U bu vaqtda mast holda va aloqa tarmog‘i yaxshi ishlamaganligi sababli qo‘ng‘iroq qilgan.

Hozirgi vaqtda V.M. qo‘lga olingan, holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.