«Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 21-moddasiga muvofiq viloyat hokimi qaroriga asosan, Karimov Anvar Rasulovich Sirdaryo viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi rasmiy saytida xabar berildi.

Anvar Karimov 1977 yil Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanida tug‘ilgan. 1998 yilda Guliston davlat universitetini, 2002 yilda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini tamomlagan.

Bugungi kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vazirining o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Sirdaryo viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Murodilla Yoqubovich Eshmatov Respublika Xalq bankiga yangi rais etib tayinlandi.