2019 yil 4 aprel kuni soat 13:30 larda Sharof Rashidov tumani, «Eski Toshkentlik» mahallasida yashovchi T.M. fuqaro Sh. A.ni qasddan o‘ldirish maqsadida, uning Jizzax shahrida joylashgan ish joyiga borib, undan o‘z xotinini rashk qilib, o‘zi bilan olib kelgan oshxona pichog‘i bilan uning o‘ng bo‘yin va ko‘krak sohasiga urib, voqea joyidan yashiringan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Sh. A. olgan tan jarohatlari natijasida kasalxonada vafot etgan.

Shu kunning o‘zida Jizzax shahar prokuraturasi tomonidan T.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, zudlik bilan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida T.M. ushlangan.