FIFA milliy terma jamoalarning aprel oyi reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra O‘zbekiston milliy terma jamoasi reytingda 4 pog‘ona ko‘tarilib, 85-o‘rindan joy oldi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Osiyo terma jamoalari ichida O‘zbekiston 11-pog‘onada bormoqda. Eron terma jamoasi Osiyo jamoalari ichida hamon 1-o‘rinda. Ular FIFA reytingida 21-o‘ringa ko‘tarilgan. Umumiy reytingda esa Belgiya terma jamoasi peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinda Fransiya, 3-o‘rinda esa Braziliya terma jamoalari borishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston MTJ mart oyida Xitoyda «China cup-2019» musobaqasida qatnashib, Urugvay va Xitoyga qarshi o‘yinlarda maydonga tushdi. Urugvayga qarshi o‘yinda 0:3 hisobida mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa, Xitoyni kichik 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘lgandi.