2019 yil 4 aprel kuni Andijon viloyatining Shahrixon tumani O‘rta Shahrixon MFYda yashovchi S.T. «Lasetti» rusumli avtomashinasini Asaka tumani Sho‘rqishloq mahallasi hududida haydab ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqqqan va qarshisidan kelayotgan Shahrixon tumanida yashovchi A.N. boshqaruvidagi «Moskvich-412» rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Natijada «Moskvich-412» avomashinasidagi ikki nafar yo‘lovchi jarohat olib voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, «Lasetti» haydovchisi va «Moskvich-412» avtomashinasining yana bir yo‘lovchisi jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.