Andijon viloyati Paxtaobod tumani Navnihol mahallasida yashovchi, «Karomatoy ipakchi» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, 45 yoshli I.T. ko‘plar havas qilsa arziydigan oilaning boshlig‘i, ikki farzandning otasi. Yurishi-turishi, mehnati bilan mahalla ahli o‘rtasida o‘ziga yarasha hurmat-e’tibor topgan.

O‘sha h kunda u ko‘chadan uyiga biroz mast holda keldi, xotini M.T. tayyorlab qo‘ygan oshni yegisi kelmay, yana aroq ichdi. Tabiiyki ichkilik ichgan odam xotiniga yoqmaydi. O‘rtada janjal chiqadi.

Uydagi ko‘plab ishlar qolib ketayotgani, spirtli ichimlik ichish odatini tashlashi kerakligini aytib, mastlikdagi talablarini bajarishdan bosh tortgan I.T. xotinining boshiga, tanasining turli joylariga qo‘liga tushgan buyumlar — aroqning idishi, temir bo‘laklari bilan shavqatsizlarcha ura boshladi. Qayta-qayta berilgan kaltak, zarb oqibatida M.T. vafot etdi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyati sudida sudya I.Sotvoldiyev raisligida bo‘lib o‘tgan ochiq sud majlisida o‘z xotinini shafqatsizlarcha urib o‘ldirgan I.T. ga nisbatan qonuniy hukm o‘qildi. Unga 17 yil qamoq jazosi tayinlandi.