2018-yilda O‘zbekistonda noqonuniy yo‘lovchi tashuvchilarini aniqlashga qaratilgan 15,4 mingga yaqin qo‘shma reydlar o‘tkazildi. Ushbu ma’lumotlar chorshanba kuni o‘tkazilgan Xalqaro press-klubda ma’lum qilindi.

Reydlar natijasida 56 mingta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Noqonuniy taksichilardan 26,2 mlrd so‘mlik jarimalar undirildi.

O‘tgan yili yakunlari bo‘yicha 6100 ta korxona (2017-yilda — 5600 ta) taksi xizmatlarini ko‘rsatgan. Ularda 127,8 ming litsenziyali taksi faoliyat olib borgan.

2018-yilda ushbu sohadagi jami tushumlar 86,3 mlrd so‘mni tashkil etdi (2017-yilda — 63,8 mlrd so‘m). Joriy yilda bu ko‘rsatkichning 90,9 mlrd so‘mga yetishi kutilmoqda.