Moskvada rejissyor Georgiy Daniyeliya 88 yoshda hayotdan ko‘z yumdi, deya xabar qildi RIA Novosti. O‘lim sababi oshkor qilingani yo‘q, biroq rejissyor fevralda o‘pka shamollari tashhisi bilan shifoxonaga yotqizilgan, holati barqaror og‘ir deya baholangan.

Georgiy Daneliya 1930 yil 25 avgust kuni Tbilisida tug‘ilgan, oilasi tez orada Moskvaga ko‘chib ketgan. Moskva arxitektura institutini tamomlagan. Arxitektorlik bilan parallel ravishda kinoda o‘yganan, so‘ngra 1956 yilda «Mosfilm» kinostudiyasi qoshidagi Oliy rejissyorlik kursida o‘qigan.

1960 yilda uning ilk «Seryoja» filmi ekran yuzini ko‘radi. Filk Karlovi-Vari o‘tgan Xalqaro kinofestivalda Gran-prini qo‘lga kiritadi.

U «O‘ttiz uch», «Afonya», «Mimino», «Kuzgi marafon», «Kin-dza-dza!», «Pasport», «Nastya» va boshqa filmlarga rejissyorlik qilgan.