Xalqaro-press klubning «O‘zbekistonda yo‘lovchi tashishning yangi tartiblari: zamonaviy yondashuvlar va muammolar tahlili» mavzusidagi anjumani davom etmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Hozirda litsenziyali taksichilar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratilgan. Ular to‘xtash mumkinmas joylarda vaqtincha to‘xtashga ruxsat etiladi hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar o‘zlariga yaqin hududdan maxsus litsenziya olish imkoniyati yaratilgan.

2017 yilda O‘zbekistonda 17900 ta, 2018 yilda 24700 ta litsenziyali taksichilar bo‘lgan.

Transport vazirligi departamenti vakilining ma’lumotiga ko‘ra, hozirda O‘zbekistonda 30 mingdan ortiq litsenziyali taksichilar faoliyat yuritmoqda.