Prezident imzolagan qarorda xalqaro obligatsiya sotilishidan tushgan mablag‘lar nimaga sarflanishi ma’lum qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

2019 yil fevralda jahon moliya bozorlarida O‘zbekistonning 1 milliard AQSH dollari miqdoridagi 5 va 10 yillik suveren xalqaro obligatsiyalari joylashtirilgan edi.

2019 yilning 2 aprel sanasida imzolangan O‘zbekiston Respublikasining ilk suveren xalqaro obligatsiyalarini joylashtirishdan tushgan mablag‘lardan samarali foydalanish to‘g‘risidagi prezident qarori bilan mablag‘lar mamlakat va xalq farovonligini yanada oshirish, strategik muhim ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalarni moliyalashtirish maqsadida tegishli foizlar bilan qaytarish shartlarida quyidagilarga yo‘naltiriladi:

889,2 mln. AQSH dollari auksion orqali tijorat banklarining depozitlariga joylashtiriladi;

20 mln. AQSH dollari «Agrobank» ATBga qarz sifatida beriladi;

89,9 mln. AQSH dollari «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasiga ssuda sifatida beriladi.