Gulnora Karimovaning shveysariyalik advokati Greguar Manja (Grégoire Mangeat) Toshkent viloyatidagi Zangiota ayollar koloniyasida u bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasidan «Gazeta.uz"ga xabar qilindi.

Advokat tvitterda 1 va 2 aprel kunlari mijozi bilan uchrashishga harakat qilayotgani haqida yozdi.

Bosh prokuraturadan ma’lum qilinishicha, uchrashuv 1 va 2 aprel kunlari bo‘lib o‘tgan, uning samarali tashkil etilishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.

«Gulnora Karimovaning advokat bilan uchrashuvi jinoyat-ijro qonunchiligida belgilangan me’yorlar doirasida bo‘lib o‘tdi. Ya’ni, hech qanday imtiyozli shartlarsiz», — deya ta’kidladi nazorat mahkamasi vakili.