2019 yilning 3 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili etib tayinlangan Matilda Dimovskani qabul qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Matilda Dimovska BMT Taraqqiyot dasturi Administratori Akim Shtaynerning uni O‘zbekistonga tayinlangani haqidagi maktubini taqdim etdi.

Vazir M.Dimovskani lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi va unga muvaffaqiyatlar tiladi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va BMTTD o‘rtasidagi munosabatlarning holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Qayd etilganidek, qabul qilingan 2017−2021 yillarda rivojlanishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini qoidalari Barqaror taraqqiyot maqsadlariga (BTM) mos keladi, bu hujjatlar bosh tamoyil — «Inson manfaatlari hamma narsadan ustun» tamoyili birlashtiradi.

Vazir BMT, jumladan BMTTDning ekologiya muammolarini hal etishga ko‘maklashishga qaratilgan sa’y-harakatlarini yuqori baholadi. Ta’kidlanganidek, BMT shafeligida Orolbo‘yi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik trast jamg‘armasining tashkil etilishi ulkan mintaqaning ekologik muammolarini hal etish sohasida muhim voqea bo‘ldi.

Matilda Dimovska mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonida BMTning faol ishtirok etish maqsadini tasdiqladi va 2016−2020 yillarda O‘zbekistonning rivojlanish maqsadlariga ko‘maklashish bo‘yicha uchun BMTning Hadli dasturini (UNDAF) amalga oshirish jarayonini yuqori baholadi.