Olimpiya o‘yinlari va jahon chempionatining finalchisi, o‘smirlar Olimpiadasi g‘olibi Bektemir Meliqo‘ziyev ham yaqin vaqtlar ichida prof ringda o‘z omadini sinab ko‘radi. Bu haqda u o‘zining instagramdagi sahifasi orqali yozib qoldirdi.

«Xudo xohlasa Amerikaga yo‘lga chiqdik. Yaqinlarimga rahmat, kuzatgani chiqqanlari uchun», — deb yozgan Bektemir instagram orqali.

Olamsport.com saytiga ma’lum bo‘lishicha, ayni paytda Bektemirning oldida bir qator takliflar bor. Ammo, u katta ehtimol bilan Rossiyaning «Mir Boksa» kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi.

Ayni payda ushbu kompaniya bilan Murodjon Ahmadaliyev, Shahram G‘iyosov, Isroil Madrimov, Bahodir Jalolov, Elnur Abduraimov va Mahmud G‘oipov kabi bokschilarimiz hamkorlik qilishmoqda.