Farg‘ona viloyati chegaradosh hududlaridan biri Rishton tumani chegara hududlarida Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari rangli metallarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbir davomida fuqaro I.A.ga tegishli «Neksiya» rusumli avtomashina ko‘zdan kechirildi. Natijada avtomashinada, yashirin yo‘llar orqali olib o‘tishga mo‘ljallangan 11 dona polietilen qoplarga joylangan, salkam yarim tonna rangli metall parchalari va chiqitlari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.