«Toshshahartransxizmat» AJ muntazam ravishda barcha yo‘nalishlardagi avtobuslarning harakati, ularga bo‘lgan talab hamda yo‘lovchilar oqimini monitoring qilib bormoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Shu asosda 2 apreldan boshlab «MAN» va SAZ LE 60 rusumli yangi avtobuslar harakat tig‘iz yo‘nalishlarga biriktirildi. Xususan, «Qo‘yliq-1 va Yunusobod-9» mavzelari oralig‘ida qatnovchi 93-avtobus yo‘nalishida amalda harakatlanayotgan transportlarga yana 5 ta «MAN» rusumli yangi avtobuslarlar biriktirildi. Bu bilan ushbu yo‘nalishdagi jamoat transportining 80 foizi yangilandi va oraliq masofa harakat jadvaliga mos bo‘lishiga erishildi.

Bundan tashqari «Yunusobod-19 mavzesi va Toshkent Xalqaro aeroporti» oralig‘ida qatnovchi 67-yo‘nalishdagi eski «Isuzu» rusumli avtobuslari o‘rniga o‘rta sig‘imli SAZ LE 60 rusumli yangi avtobuslar biriktirildi.

Shahar transport xizmati sifatini yanada yaxshilash yo‘nalishidagi ishlar davom ettirilmoqda.