Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Qonunchilikka muvofiq, birjada ro‘yxatdan o‘tkazilgan import kontraktlari ikki ish kuni davomida Davlat bojxona qo‘mitasida yoki uning hududiy organlarida hisobga qo‘yish uchun import qiluvchi tomonidan shaxsan jo‘natilishi lozim edi.

Kiritilgan o‘zgartirishlar bilan mazkur talab bekor qilindi.

Shuningdek eksport shartnomasini ham bojxona organlarida hisobga qo‘yishga oid talab bekor qilindi.