3 aprel kuni Sergeli tumanidagi «Obod» mahallasida gaz ta’minotini yanada yaxshilash maqsadida past bosimli gaz quvurini o‘rnatish ishlari olib borilishi munosabati bilan bajarilgan ishlar sifati va gaz quvurlari sozligini tekshirish maqsadida Toshkent shahar gaz ta’minoti hududiy bo‘limi tomonidan shu hududdagi 280 xonadonda soat 11: 00 dan 17: 00gacha gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, 4 aprel kuni Yashnabod tumanidagi 58-harbiy shaharchada yer osti gaz quvurida gaz sizib chiqish holatini bartaraf etish maqsadida Toshkent shahar gaz ta’minoti hududiy bo‘limi tomonidan shu hududdagi uchta to‘rt qavatli uydagi 300 ta xonadonda soat 11:00 dan 16:00 gacha gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Toshkent hokimligi aholidan keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘radi.