2018 yilda O‘zbekistonning qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar, ularning qismlari va jihozlari importi xarajatlari 700 ming dollarni tashkil etdi. Markaziy bank hisobotida bu haqda so‘z boradi.

2016−2017 yillarda ushbu maqsadlar uchun 300 ming dollardan sarflandi. Markaziy bank tomonidan qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar importi haqidagi ma’lumotlarni ilk bor oshkor qilmoqda.

Hisobotga ko‘ra, o‘tgan yili O‘zbekistonning jami importi 18,8 mlrd dollar (2017 yilda — 12,9 mlrd, 2016 yilda — 11,4 mlrd), eksport — 10,6 mlrd dollarni (2017 yilda — 9,9 mlrd dollar, 2016 yilda — 8,4 mlrd dollar) tashkil etdi.