Mart oyida 2382 bosh yo‘rg‘a tuvaloq Qizilqum cho‘li yalangliklariga qo‘yib yuborildi, deya xabar qildi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati.

Qushlar Davlat ekologiya qo‘mitasi hamda ovchilik turizmi bilan shug‘ullanuvchi Falcon Hunting Solutions kompaniyasi bilan hamkorlik bitimi doirasida qo‘yib yuborildi.

2006 yildan buyon O‘zbekistonda — Navoiy va Buxoro viloyatlarida — ikkita markaz yo‘rg‘a tuvaloqlarning tabiatdagi sonini qayta tiklash uchun ushbu turdagi qushlarni yetishtirish bilan shug‘ullanib kelmoqda. Har ikki markazda shu vaqtga qadar jami 16320 bosh qush tabiatga qo‘yib yuborildi.

Yo‘rg‘a tuvaloqlar 2009 yilda O‘zbekiston Qizil kitobiga noyob tur sifatida kiritilgan. Ular Qizilqum cho‘llarida yashaydi. Ularning soni va yashash maydoni 1960-yillardan boshlab qisqarishni boshlagan.

Foto