O‘zbekistonlik velosportchi Olga Zabelinskaya Kiprda tashkil etilgan «Aphrodite Cycling Race» xalqaro turnirining guruh poygalarida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

2:26:03 vaqt bilan Zabelinskaya marrani birinchi bo‘lib zabt etdi. Ikkinchi o‘rinni mezbonlar vakilasi Antri Kristoforou (+3:22) egallagan bo‘lsa, rossiyalik Yelizaveta Oshurkova (+3:28) kuchli uchlikni yakunladi.

Eslatib o‘tamiz, Olga kecha yakkalik bahslarida ham oltin medalni qo‘lga kiritgan edi. Qayd etish joiz, mazkur musobaqa Tokio-2020 olimpiadasi uchun reyting ochkolarini taqdim etadi.