«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan Farg‘ona vodiysida «Andijon — Savay — Xonobod temiryo‘l uchastkasini modernizatsiya qilish va shaharlararo yo‘lovchi poyezdlar harakatini tashkil etish» yangi loyihasi amalga oshirilmoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur bunyodkorlikning bosh loyihasi «Toshtemiryo‘lloyiha» mas’uliyati cheklangan jamiyati mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra, bu yerda 520 ming kub metr tuproq ishlari bajariladi. Shuningdek, 45 ta sun’iy inshoot (1 ta temir yo‘l ko‘prigi) larni qurish rejalashtirilgan. Mavjud 53,2 km. temir yo‘llar ta’mirlanib, 10,2 kilometr masofada yangi po‘lat izlar yotqiziladi. Loyihada, jami 7 ta avtomobil va temir yo‘l kesishmasini bunyod etish ham ko‘zda tutilgan.

Hozirda bu yerda «Maxsus mexanizatsiyalashtirilgan yo‘l stansiyasi» ishchi-xodimlari qurilish-montaj ishlarini olib borishmoqda. Shu kungacha temiryo‘lchilar 477 ming kub metr tuproq ishlarini amalga oshirishdi. 11 ta sun’iy inshoot qurib bitkazildi. Joriy yil loyiha hayotga tadbiq etilib shaharlararo zamonaviy poezdlar harakati yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.