Velosport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Olga Zabelinskaya navbatdagi oltin medalni qo‘lga kiritdi. Sportchi Kiprda o‘tgan «Aphrodite Cycling Race» musobaqasida eng yaxshi natijani qayd etdi, deyiladi MOQ matbuot xizmati xabarida.

Mazkur turnir Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlariga qimmatli reyting ochkolarini berishi bilan ahamiyatli edi. Ushbu muvaffaqiyat Zabelinskayani XXXII Olimpiada sari yanada yaqinlashtirdi.