O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga polkovnik Qodirov Doniyor Baxtiyorovich tayinlandi, deya xabar qildi IIV matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, IIV tuzilmasida Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi prezidentning 6 martdagi qarori bilan tashkil etilgan edi.

Metropoliten, temir yo‘l va havo-transport infratuzilmasi ob’ektlarida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish uning asosiy vazifalaridan etib belgilandi.

Boshqarma yo‘lovchilarning harakatlanish xavfsizligini, temir yo‘l va havo transportida tashiladigan tovar-moddiy boyliklarning butligi va qo‘riqlanishini samarali ta’minlash bilan ham shug‘ullanadi.