27 mart kuni taxminan 21:00 da Toshkent davlat texnika universiteti talabasi Sh. U. Toshkentning Olmazor tumanidagi 63-sonli talabalar yotoqxonasining oltinchi qavatida joylashgan xonasi derazasidan ehtiyotsizligi oqibatida tushib ketdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga xabar qildi.

1994 yilda tug‘ilgan qiz Toshkent tibbiyot akademiyasi ikkinchi klinakasiga yotqizilgan, shifokorlar tomonidan bosh miya ochiq jarohati, kalla asos gumbaz suyagi sinishining bo‘linib sinishi, bosh miya pardalari ostiga, to‘qimasiga qon quyilishi, bosh miya og‘ir darajada lat yeyishi, chap son suyagi ochiq sinishi, o‘ng tomondan 3, 4 va 5-qovurg‘alar sinishi, to‘sh suyagi sinishi, ikkinchi o‘pka yorilishi tashxisi qo‘yilgan.

28 mart kuni soat 00:44 larda Sh. U. olgan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etgan.

Olmazor prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib bormoqda.