Professional boksda faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik bokschi Shahram G‘iyosov 26 aprel kuni o‘zining navbatdagi jangini amerikalik Emmanuel Teylorga qarshi o‘tkazadi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur bahs 10 raundga mo‘ljallangan bo‘lib, Shahram interkontinental kamari uchun ringga ko‘tariladi. Bo‘lajak boks kechasi AQSHning Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, Shahram G‘iyosov shu paytgacha professional boksda yettita jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan va 6 bor raqiblarini nokautga uchratgan.